Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda Fransiya Ichki ishlar vazirligi vakili Siril Gu o'z faoliyatini boshladi. Uning asosiy vazifasi Fransiya huquqni muhofaza qilish organlarining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini muvofiqlashtirishdan iborat.

17-sentabr kuni Siril Gu O'zbekiston IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida o'zining yangi vazifalari haqida so'zlab, O'zbekistondagi missiyasi Fransiya va mintaqa davlatlari o'rtasidagi sherlikni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Vakilning vazifalari qatoriga mintaqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, xodimlar malakasini oshirish va tajriba almashish kiradi. Shuningdek, uning Toshkentdagi faoliyati O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi huquq tartibot sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Tomonlar hamkorlikni kengaytirish rejalarini, jumladan, yuqori darajadagi tashriflarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. O'zbekiston IIVda Siril Guga yangi ishida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Avvalroq O'zbekiston fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlarini uzatishga ruxsat berilgan davlatlar ro'yxatini tasdiqlagan edi. Ro'yxatga 49 ta davlat va hudud, jumladan Rossiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Singapur kiritilgan.

Source: podrobno.uz