Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2026-yilgi Osiyo o‘yinlari futbol turnirida guruh bosqichini uchta g‘alaba bilan yakunlab, chorak finalga yo‘l oldi. Ravshan Haydarov shogirdlari “C” guruhida 9 ochko to‘plab, 9:1 to‘plar nisbatiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston U-23 guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda Filippinni 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi turda Kuvayt ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Jamoa guruhdagi 22-sentabrda bo‘lib o‘tgan 3-tur bahsida Vetnam U-23 terma jamoasi bilan maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni 5-daqiqada Muhammadali O‘rinboyev, 67-daqiqada esa Nurlan Ibraimov kiritdi.

Shu tariqa O‘zbekiston uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan “C” guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Vetnam 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi, Filippin 3, Kuvayt esa 1 ochko jamg‘ardi.

Osiyo o‘yinlari futbol turnirida “C” guruhi g‘olibi chorak finalda “D” guruhining ikkinchi o‘rin sohibi — Janubiy Koreya yoki Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

Source: www.gazeta.uz