Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston harbiy sudi Taftish.uz nashri xodimlari va Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq zobitlariga nisbatan hukm chiqardi. Sud qaroriga ko‘ra, ular 4 yil 1 oydan 10 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum etildi.

Loyiha rahbari G‘ayrat Aberayev 10 yil 6 oyga, jurnalist Marjona Eshquvatova esa 4 yil 1 oyga hukm qilindi. Tahririyatning yana ikki vakili – Azizjon Yo‘ldoshev va Sardor Hamidov, shuningdek, DXXning sobiq xodimlari 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud majlisi yopiq tarzda o‘tkazilib, ayblanuvchilar tuhmat, haqorat, firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi. Ular umumiy tartibdagi koloniyalarda jazoni o‘tashadi.

Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishi bo‘yicha tergovni harbiy tergovchilar olib borgan. Sudlanuvchilar joriy yilning 16 yanvarida hibsga olingan edi.

Tergov versiyasiga ko‘ra, ayblanuvchilar jurnalistik faoliyat niqobi ostida tadbirkorlar va fuqarolardan yirik miqdordagi pullarni muntazam ravishda tovlamachilik yo‘li bilan undirib, ularni obro‘sizlantiruvchi va tuhmat qiluvchi ma’lumotlarni tarqatish bilan qo‘rqitgan.

Source: podrobno.uz