Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida prokuror yordamchisi fuqarodan pora talab qilishda gumonlanib ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Mansabdor shaxs fuqaroning avtomashina oldi-sotdisiga oid masalasini hal etish hamda 600 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashish evaziga 12 ming dollar talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida u so‘ralgan puldan 4700 dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tekshiruvda gumonlanuvchi ilgari ham ushbu fuqarodan 1300 dollar olgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda. Tergov davom etmoqda.

Source: www.gazeta.uz