Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari professor-o‘qituvchilar va talabalar, shuningdek, xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirok etayotgan xorijiy hamkorlar bilan suhbatlashdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Mirziyoyev ta’lim sohasidagi yutuqlar ko‘rgazmasi, shuningdek, universitetning o‘quv va ilmiy infratuzilmasi bilan tanishdi.

Unga IDROCK sun’iy intellekt klasteri, biotexnologiya va bioinformatika, materialshunoslik, lazer va nanotexnologiyalar laboratoriyalari, shuningdek, ADM mashinasozlik laboratoriyasi namoyish etildi. Bu maydonchalar nazariyani amaliyot, tadqiqot va loyihalar bilan uyg‘unlashtiradi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev kasb bayrami munosabati bilan pedagoglar, olimlar va murabbiylarni mukofotlagan edi.

Source: podrobno.uz