Jahon bankining soʻnggi tahliliy maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 7,9 foizga oʻsishi taxmin qilinmoqda. Ushbu koʻrsatkich mamlakatni Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlardan biriga aylantirishi kutilmoqda, butun mintaqa boʻyicha esa oʻsish surʼati 5,8 foiz atrofida boʻlishi bashorat qilinmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, iqtisodiy oʻsishga yuqori ichki talab, real ish haqining oshishi, mehnat bozoridagi qulay sharoitlar, mehnat migrantlarining pul oʻtkazmalari, turizm oqimi va davlat investitsiyalari sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda. Shu bilan birga, energetika resurslari narxining oshishi iqtisodiyotga bosim oʻtkazishda davom etayotgan asosiy omillardan biri boʻlib qolayotgani taʼkidlanmoqda.
Tashkilot sunʼiy intellektning mehnat bozori va unumdorlikka taʼsirini ham alohida baholagan. Unga koʻra, mintaqadagi har beshinchi xodimning ishi sunʼiy intellekt taʼsirida tubdan oʻzgarishi mumkin, biroq hozircha kompaniyalarning 10 foizdan kami bu texnologiyalardan foydalanmoqda. Oʻzbekistonda ham sunʼiy intellekt salohiyati mehnat unumdorligini oshirish bilan bogʻliq boʻlib, buning uchun taʼlim, boshqaruv koʻnikmalari va ijtimoiy himoya tizimlarini moslashtirish talab etiladi.
Shuningdek, Jahon banki tahlillariga koʻra, 2021-2025 yillar oraligʻida Oʻzbekistonda oʻrta sinfga mansub aholi ulushi 37 foizdan 72 foizdan oshganligi maʼlum qilindi.
Source: podrobno.uz