Poytaxtdagi TENET showroomida ikki yirik kompaniya mijozlari va hamkorlari boshini qovushtirgan eksklyuziv taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda Germaniyaning O'zbekistondagi Favqulodדע va Muxtor Elchisi Mattias Follert kirish so'zi bilan chiqish qildi, shuningdek, Premium Auto asoschisi Baxtiyor Hojiyev hamda TENET Group asoschisi Tuxfat Anvarxo'jayev mehmonlarga o'z tabriklarini yo'lladilar.
Kechaning eng asosiy voqeasi jonli pianino sadolari ostida yangi avlod BMW 7 Series avtomobilining ochilishi bo'ldi. Taqdimot dizayni o'ziga xosligi bilan ajralib turdi: avtomobil TENET ramzlari tushirilgan Nikolayev g'ishtidan yasalgan installyatsiyalar qurshovida namoyish etildi. Shisha ostidagi poydevorlarga o'rnatilgan ushbu me'moriy elementlar makonga muzey ekspozitsiyasi tusini berib, tarixiy material va zamonaviy avtomobilsozlik dizayni o'rtasida vizual muloqotni hosil qildi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu hamkorlik ko'chmas mulk bozori va avtomobilsozlik sanoatining yetakchi yondashuvlarini birlashtirib, mehmonlarga yuqori sinfdagi qulaylik va estetika namunalarini ko'zdan kechirish imkonini berdi. Tadbir yakunida mehmonlar jonli musiqa sadolari ostida norasmiy muhitda muloqot qilib, kompaniyalarning kelgusidagi loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.
Source: uznews.uz