️ Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani hokimi Xurram Joʻrayevga nisbatan zoʻravonlik sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Maʼlum qilinishicha, tumanda savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkor hokimga bolta bilan jarohat yetkazgan.
️ Hodisa joriy yilning 14-oktabr kuni paxta qabul qilish maskanida roʻy bergani aytilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, tadbirkor hokimning kelishini poylab turgan va Xurram Joʻrayev yetib kelganidan soʻng uning ortidan bolta bilan zarba bergan.
️ Mojaroning kelib chiqish sabablari hokimlik tashabbusi bilan tadbirkorning savdo doʻkoni buzilishi lozimligi bilan bogʻliq. Taʼkidlanishicha, dastlab sud tadbirkor foydasiga qaror chiqargan, biroq ish boshqa tuman sudiga oʻtkazilib, hokimlik daʼvosi qanoatlantirilgan va doʻkonni buzish talab qilingan.
️ Hozirda jabrlangan hokim shifoxonada tibbiy nazorat ostida ekani va uning ahvoli qoniqarli baholanayotgani maʼlum qilindi. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati hodisani tasdiqlab, prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlanganini bildirdi.
Source: kun.uz