Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva joriy yilning 15-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga borib, Turkiya Prezidenti Rejeb Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Saida Mirziyoyeva Turkiya rahbariyatiga O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazib, ikki xalq o‘rtasidagi azaliy birodarlik rishtalarini qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Tomonlar erishilgan kelishuvlar ijrosi hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, safar davomida ta’lim va yuqori texnologiyalar sohali obyektlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Istanbul shahrida Turkiya prezidentining o‘g‘li, tadbirkor Nejmiddin Bilol Erdog‘an hamrohligida Ibn Xaldun universiteti hamda Yenidoğu maktabiga tashrif uyushtirilib, zamonaviy o‘qitish uslublari va yoshlarni tarbiyalash yondashuvlari o‘rganildi.

Shu bilan birga, delegatsiya yetakchi mudofaa va aviatsiya sanoati korxonasi bo‘lgan Baykar majmuasida bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi. Mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish hamda texnologik yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Source: www.gazeta.uz