Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi diplomatik aloqalarni mustahkamlash doirasida qator muhim tashkiliy masalalar, jumladan, AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning mamlakatimizga kutilayotgan tashrifi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari maslahatchisi Komil Allamjonov AQSH prezidentining maxsus yordamchisi hamda Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha katta direktori Maykl Jerimayya bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazdi. Ushbu muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar qator yirik xalqaro va mintaqaviy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy jarayonlarni koʻrib chiqdilar. Xususan, AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning Oʻzbekistonga rejalashtirilgan tashrifi, Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan «C5+1» formatidagi uchrashuv hamda Mayami shahrida oʻtkzilishi kutilayotgan G20 sammitining asosiy kun tartibi yuzasidan oʻzaro fikrlar bildirildi.

Source: kun.uz