Toshkentdan dunyoning eng go'zal arxipelaglaridan biriga to'g'ridan-to'g'ri reyslar orqali qulay shartlarda sayohat qilish imkoniyati taqdim etilmoqda. Ushbu yo'nalishdagi parvozlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Xususan, 28-oktabr kuni amalga oshiriladigan ilk parvozlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ma'lum qilinishicha, cheklangan miwandagi sayyohlik paketlari uchun maxsus narxlar ko'zda tutilgan bo'lib, bu sayohat xarajatlarini sezilarli darajada tejash imkonini beradi. Bunda sayohatchilarga mahalliy o'simlik va tabiatga ega kichik orollardagi shinam mehmonxonalardan tortib, suv ustidagi villalar va shaxsiy basseynlarga ega besh yulduzli premium kurortlargacha bo'lgan keng tanlov taqdim etiladi.
Ushbu takliflar dam olishning turli formatlariga mo'ljallangan bo'lib, ular romatikanik sayohatlar, oilaviy ta'tillar yoki okean bo'yidagi uzoq kutilgan hordiq uchun mos keladi. Mutaxassislarning fikricha, joriy etilayotgan maxsus shartlar fuqarolarga keyingi mavsumgacha qoldirmasdan qulay narxlarda dam olishni rejalashtirish imkonini beradi.
Eslatib o'tamiz, tur paketlarni Asialuxe Travel kompaniyasining barcha ofislarida, rasmiy veb-saytida, mobil ilovasida hamda mamlakatdagi barcha sayyohlik agentliklarida band qilish mumkin. Qo'shimcha ma'lumotlarni qisqa 1111 raqami orqali olish imkoniyati ham mavjud.
Source: uznews.uz