O‘zbekistonda yengil sanoat tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash maqsadida Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etilishi ma'lum qilindi. Yangi ta'lim muassasasi davlat oliy o‘quv yurti maqomiga ega bo‘lib, o‘quv jarayonlarini 2026/2027 o‘quv yilidan boshlashi kutilmoqda.
Mazkur akademiya Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi. U Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasining qo‘shma ta'lim dasturi negizida barpo etilmoqda. Hozirgi kunda ushbu qo‘shma dastur doirasida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini yangi akademiyada davom ettiradilar va bitiruvchilarga akademiya diplomi beriladi.
Kelgusida o‘quv jarayoniga dual ta'lim shaklini joriy etish ham rejalashtirilgan bo‘lib, bu to‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj va poyabzal korxonalari buyurtmalari asosida mutaxassislar tayyorlash imkonini beradi. Shuningdek, talabalar uchun 2028 yil oxiriga qadar 400 o‘rinli zamonaviy yotoqxona qurilishi ko‘zda tutilgan.
Source: podrobno.uz