Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Samarqand shahrida 18–22-oktabr kunlari yirik xalqaro tadbirlar o'tkzilishi munosabati bilan avtotransport vositalari harakatiga vaqtincha cheklovlar kiritilishi ma'lum qilindi. Yo'l harakati xavfsizligi xizmatining xabar berishicha, mazkur choralar qadimiy shaharda xalqaro darajadagi nufuzli anjumanlar yuqori darajada o'tishini ta'minlash maqsadida ko'rilmoqda.

Ushbu davrda shaharda ikkita yirik siyosiy voqea rejalashtirilgan bo'lib, 19–20-oktabr kunlari "C5+1" diplomatik formatida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo'lib o'tadi. Shuningdek, 21–22-oktabr kunlari bolalar farovonligi va yangi avlodlar kelajagiga bag'ishlangan Butunjahon sammiti bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Cheklovlar Ibn Sino, Bo'stonsoy, Universitet xiyoboni, Registon, Afrosiyob, Namozgoh va boshqa qator markaziy ko'chalarga daxqdor bo'ladi. Transport oqimlari muqobil ko'chalar bo'ylab yo'naltirilishi, tranzit transport uchun esa aylanma yo'llar tashkil etilishi aytilmoqda.

Shuningdek, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurib, transport infratuzilmasi loyihalari bilan tanishishi va AQSh-O'zbekiston ishbilarmonlik kengashining yig'ilishida qatnashishi rejalashtirilgan. AQSh rasmiylari esa go'yo ushbu tashrifni global beqarorlik sharoitida strategik ahamiyatga ega deb atagani iddao qilinmoqda.

Source: podrobno.uz