Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Milliy statistika qo‘mitasining joriy yil 1-oktabr holatiga taqdim etgan so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi 39 million 535 ming 225 nafarni tashkil etdi. Mutaxassislarning qayd etishicha, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda mamlakatimiz aholisi 692,2 ming nafarga yoki 1,8 foizga ko‘paygan.

Hududlar kesimida aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilishni davom etmoqda — bu yerda 4 million 462 ming 783 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Shuningdek, aholi soni bo‘yicha yirik hududlar qatoriga Farg‘ona viloyati (4 million 293 ming 001 kishi) hamda Toshkent viloyati (3 million 799 ming 043 kishi) kirgan.

Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatida 3 million 746 ming 228 nafar, Andijon viloyatida 3 million 574 ming 464 nafar hamda poytaxt Toshkent shahrida 3 million 278 ming 512 nafar kishi ro‘yxatga olingan. Namangan viloyatida aholi soni 3 million 190 ming 767 nafarni, Surxondaryo viloyatida esa 3 million 30 ming 30 nafarni tashkil etmoqda.

Qolgan hududlarda ham demografik ko‘rsatkichlar ortib borayotgani kuzatildi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 million 166 ming 44 kishi, Xorazm viloyatida 2 million 162 ming 68 kishi, Buxoro viloyatida 2 million 125 ming 129 kishi yashaydi. Eng kam aholiga ega hududlar sirasiga Jizzax (1 million 545 ming 176), Navoiy (1 million 196 ming 559) va Sirdaryo viloyatlari (965 ming 421 kishi) kirgan.

Source: uznews.uz