Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Poytaxtimizda joylashgan yangi turar joy majmualaridan birida o'ziga xos bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir mahalliy aholi, ularning oila a'zolari hamda majmuaga ko'chib kelgan yangi qo'shnilarni yagona g‘oya atrofida birlashtirdi. "Qo'shnilar suv bo'yida. Bu yerda sizning mahallangiz boshlanadi" shiori ostida tashkil etilgan bayram samimiy muhitda o'tdi.

Kompleksning hovli-parkida bo'lib o'tgan tantana aholining o'zaro tanishishi, muloqot qilishi va yangi ezgu an'analarni boshlashi uchun qulay muhit yaratdi. Mehmonlar uchun maxsus oilaviy fotozonalar, bolalar mahallasi, turli interaktiv o'yinlar hamda an'anaviy o'zbek oshi tortiq qilingan fud-strit tashkil etildi. Shuningdek, tadbirning musiqiy qismi jonli ijro guruhi hamda maxsus mehmon — Tohir Sodiqovning chiqishi bilan yanada boyitildi.

Tadbirning rasmiy qismi aholini qutlash va Murad Buildings asoschisi Murad Nazarov hamda kompaniya bosh direktori Oybek Nurmuhamedovning nutqlari bilan boshlandi. Ikkinchi navbatning foydalanishga topshirilishi Soy Bo'yi loyihasining rivojlanishida hamda mahalliy hamjamiyatning kengayishida muhim bosqich bo'lgani ta'kidlandi.

Bayram yakunida ikkala navbat aholisini o'zida mujassam etgan umumiy xotira surati tushildi. Tashkilotchilarning fikricha, bunday tadbirlar qulay yashash muhiti faqatgina zamonaviy arxitektura va obodonlashtirishdan emas, balki insonlar orasidagi iliq munosabatlardan iborat ekanini yana bir bor ko'rsatdi.

Source: uznews.uz