Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Murad Buildings kompaniyasi “Soy Bo‘yi” turar joy majmuasining ikkinchi bosqichi rasman ochilishi munosabati bilan maxsus “SOY BO‘YI FEST” bayram tadbirini tashkil etdi. Ushbu keng ko‘lamli bayram majmuaning amaldagi va yangi aholisini, shuningdek, ularning oila a’zolarini “Suv bo‘yidagi qo‘shnilar. Mahallangiz shu yerdan boshlanadi” degan yagona ezgu g‘oya ostida jipslashtirdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram majmuaning ko‘kalamzorlashtirilgan obod bog‘-hovlisida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir aholiga o‘zaro yaqindan tanishish, samimiy muloqot qilish hamda zamonaviy shahar sharoitida yaxshi qo‘shnichilik an’analarini shakllantirish uchun qulay imkoniyat yaratib berdi. Mehmonlar uchun maxsus oilaviy fotosuratga tushish zonalari, bolalar uchun ko‘ngilochar mahalla hududi, qiziqarli interaktiv o‘yinlar hamda o‘zbekona an’analar asosida milliy osh tortiladigan maxsus maydonlar tashkil etildi.

Tadbir davomida Live Band guruhi tomonidan ijro etilgan jonli musiqa va o‘zbek estradasining yorqin vakili Tohir Sodiqovning chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha zavq va bayramona kayfiyat ulashdi. Shuningdek, tadbirning rasmiy qismida Murad Buildings asoschisi Murod Nazarov hamda kompaniya bosh direktori Oybek Nurmuhamedov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yangi bosqich ochilishi bilan tabrikladilar.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ikkinchi bosqichning ishga tushirilishi “Soy Bo‘yi” majmuasi rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, u yerda yashovchi oilalar safini yanada kengaytirdi. Tadbir yakunida barcha qo‘shnilar birgalikda esdalik uchun suratga tushishdi.

Source: kun.uz