Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2026-yilning uchinchi chorogida Octobank o'zining kredit mahsulotlari qatorini kengaytirib, internet-ekvayring hamkorlari uchun Apple Pay va Google Pay xalqaro to'lov tizimlarini yo'lga qo'ydi. Shuningdek, korporativ mijozlar uchun xalqaro hisob-kitoblar ko'lami kengaytirilib, valyutalar soni 16 taga yetkazildi.

Bank tomonidan taqdim etilgan moliyaviy hisobotlarga ko'ra, 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida Octobank sof foydasi 266,36 milliard so'mni tashkil etgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 57,53 foizga ko'p ekanligi qayd etildi. Shuningdek, 1oktabr holatiga ko'ra, bank aktivlari o'tgan yilning shu davriga nisbatan keskin oshib, 14,62 trillion so'mga yetgan.

Hisobot davrida bankning kredit portfeli 104,56 foizga o'sib, 832,68 milliard so'mni tashkil etgan bo'lsa, xususiy kapital 38,93 foizga ko'payib, 1,30 trillion so'mga yetdi. Majburiyatlar hajmi esa 209,21 foizli o'sishni ko'rsatib, 4,31 trillion so'mdan 13,32 trillion so'mgacha oshgani ma'lum qilindi.

Bundan tashqari, uchinchi chorakda bank mijozlar uchun uchta yangi kredit dasturini taqdim etdi: uy-joy sotib olishga mo'ljallangan «Ipoteka», birlamchi bozor uchun «Avtokredit 1.0» hamda ikkilamchi bozor avtomobillariga mo'ljallangan «Avtokredit 2.0» dasturlari shular jumlasidandir. Ayni paytda mijozlar bazasi 3,66 million kishidan oshgani ta'kidlanmoqda.

Source: kun.uz