Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida V Paraosiyo o‘yinlari rasman boshlandi. Ushbu nufuzli xalqaro musobaqada mamlakatimiz sharafini 149 nafar sportchidan iborat keng tarkibli delegatsiya himoya qilmoqda. Milliy terma jamoamiz vakillari sportning 11 ta turi bo‘yicha o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Qayd etilishicha, joriy musobaqa tarixida ilk bor o‘zbekistonlik parasportchilar parafehtbozlik, bocca va para kamondan otish yo‘nalishlarida ham bahslarga kirishdi. Bu esa mamlakatimizda paralimpiya harakatining geografiyasi kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Musobaqaning ilk kuniyoq milliy terma jamoamiz a'zolari o‘zlarining yuqori salohiyatini namoyish etib, jami 23 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Sportchilarimiz hisobida hozircha 6 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza medallari mavjud.

Oltin medalni qo‘lga kiritgan chempionlar qatorida Bobur Toshtemirov (para velosport), Lolaxon Qodirova (para suzish), Husniddin Norbekov (para yengil atletika), Yegor Bolotov (para suzish), Mahliyo Akramova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayevlar bor. Ularning aksariyati Osiyo Para o‘yinlari va qit'a rekordlarini yangilagani diqqatga sazovordir.

Source: uznews.uz