Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston bozorida keng iste'molchilarga mo'ljallangan Loretto maishiy texnika brendining yangi mahsulotlari namoyish etildi. Taqdim etilgan qurilmalar qatoridan ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan Loretto DUO kir yuvish-quritish kolonnasi hamda oshxona jihozlarining SHADOW LINE va STEEL TOUCH seriyalari o'rin oldi. Mutaxassislar mamlakatimizdagi yozgi yuqori harorat, elektr tarmoqlaridagi tebranishlar va changli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda texnikalarni tanlash muhimligini ta'kidlashmoqda.

Yangi liniyadagi Loretto DUO kir yuvish-quritish tizimi ikki qismdan iborat bo'lib, pastki qismida 12 kilogrammli kir yuvish, yuqori qismida esa issiqlik nasosli 12 kilogrammli quritish mashinasi joylashgan. Ushbu qurilmalar mustaqil ishlashiga qaramay, bitta markaziy sensorli panel orqali boshqariladi. Shuningdek, kir yuvish mashinalarida Direct Drive va Pro Inverter motorlari qo'llanilgan bo'lib, ular yuvish vositalarini o'zi dozalash va bug' bilan ishlov berish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Loretto brendining o'rnatiladigan oshxona texnikasi ham turli sig'imdagi idish yuvish mashinalari va zamonaviy duxovkalar bilan boyitildi. Idish yuvish mashinalari Auto Open funksiyasi va polga vaqtni proyeksiya qilish xususiyati bilan jihozlangan bo'lsa, duxovkalar 70-80 litr hajmli kameralar, konveksiya hamda turli pishirish rejimlari, jumladan Air Fry imkoniyatlarini o'z ichiga oladi.

Source: kun.uz