Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Orient Finans Bank xalqaro to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish va O‘zbekiston hamda Xitoy o‘rtasidagi raqamli to‘lov aloqalarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam tashlaganini ma’lum qildi. Ushbu hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi moliyaviy texnologiyalar sohasidagi o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

«TenPay Global bilan hamkorlik xalqaro to‘lov xizmatlarimizni rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Biz OFB mobil ilovasining imkoniyatlarini izchil kengaytirib, mijozlarga O‘zbekistondan tashqarida ham zamonaviy va qulay moliyaviy yechimlarni taklif etmoqdamiz», — dedi Orient Finans Bank Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Tuyboyev.

Yangi xizmat ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo, turizm va ishbilarmonlik aloqalarining o‘sishi fonida raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Dastlabki bosqichda mijozlar Xitoy hududida Weixin Pay QR-kodlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri skanerlash orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

«TenPay Global (Singapur) bosh direktori Venxuey Yan ta’kidlaganidek, mazkur hamkorlik transchegaraviy to‘lovlar infratuzilmasini kengaytirishga va Xitoy hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi raqamli moliyaviy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Tomonlar qo‘shma yechimlar yordamida xalqaro to‘lovlarni yanada qulay qilishni rejalashtirmoqda.

Ushbu jarayon bankning ilg‘or moliyaviy texnologiyalarni joriy etish hamda global raqamli iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadami ekani ta’kidlanmoqda.

Source: uznews.uz