Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston Davlat bojxona xizmatining xabar berishicha, Andijon viloyatidagi "Xonobod" chegara bojxona postida qo'shni davlatga yo'l olgan avtotransport vositasi tekshiruvdan o'tkazilgan. Mazkur jarayonda transport vositasida bojxona nazoratidan yashirilgan naqd 20 ming AQSh dollari mavjudligi aniqlangan.

Ma'lum qilinishicha, haydovchi og'zaki so'rov paytida ham ushbu yirik miqdordagi mablag' borligi haqida hech qanday ma'lumot bermagan va deklaratsiya qilishdan qasddan bosh tortgan. Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan tegishli tergovoldi tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, biroq hoditaning boshqa tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi boshqa bir chegara bojxona postida ham shunga o'xshash qoidabuzarlik qayd etilgan edi. O'shanda Qirg'izistonga ketayotgan yuk mashinasi haydovchisining qo'l sumkasi va kiyim cho'ntaklaridan 34 ming AQSh dollari miqdoridagi noqonuniy naqd pul mablag'lari topilgan edi.

Source: podrobno.uz