Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga tijorat maqsadida 357,5 ming nafar chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 ming nafarga yoki qariyb 10,8 foizga ko‘payganini ko‘rsatmoqda.
Statistik tahlillarga ko‘ra, kelgan xorijliklarning mutlaq qismi, aniqrog‘i 323,7 ming nafarga yaqini yoki qariyb 90,5 foizi Afg‘oniston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa, Afg‘oniston tijorat tashriflari bo‘yicha boshqa davlatlardan katta farq bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Reytingning keyingi pog‘onalaridan qo‘shni davlatlar joy oldi. Xususan, Turkmanistondan 24 196 nafar va Tojikistondan 6 412 nafar kishi tijorat maqsadida kelgani qayd etilgan. Shuningdek, Qirg‘iziston (695 nafar), Qozog‘iston (629 nafar), Rossiya (370 nafar) va Turkiya (346 nafar) fuqarolari ham mamlakatga biznes va savdo yo‘nalishida tashrif buyurgan.
Qolgan davlatlar fuqarolarining umumiy ulushi esa 1 150 nafarni tashkil etdi. Mutaxassislar ushbu o‘sish tendensiyasini mintaqaviy iqtisodiy aloqalarning kengayishi va savdo-sotiq jarayonlarining faollashuvi bilan izohlamoqda.
Source: kun.uz