Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Samarqand viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan xorijiy davlat fuqarosi ishtirokidagi yirik narkotik moddalar savdosiga chek qo'yildi. Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi, bojxona va ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida qariyb 40 kilogrammdan ortiq opium musodara qilindi. Aniqlanishicha, Fors korfezi davlatlaridan birining fuqarosi bo'lgan 55 yoshli shaxs taqiqlangan moddalarni mamlakatimizga yashirin yo'llar bilan olib kirishga uringan.

Qoidabuzar o'ziga tegishli bo'lgan Renault yuk mashinasida maxfiy yashirin joylar hamda ikkita akkumulyator ichiga yashirgan holda 20 kilogrammdan ziyod opiumni O'zbekistonga olib kirgan. Shuningdek, tezkor qidiruv tadbirlari davomida gumonlanuvchi vaqtincha yashab kelgan Ishtixon tumanidagi xonadon ko'zdan kechirilganda, u yerda yana 20 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo'yildi.

Tergof-tezkor guruhining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, xorijlik shaxs qo'shni respublikalardan birining fuqarosi bilan jinoiy til biriktirgan holda harakat qilgan. Hozirda ushbu sherikning shaxsini aniqlash va uni qo'lga olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Source: podrobno.uz