Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bugun, 29-oktabr kuni Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi mahallalardan birida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi. Mutaxassislar tomonidan ushbu hududda maxsus uskunalar demontaj qilinib, gaz zulfinini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmatining xabar berishicha, gaz ta’minotidagi vaqtinchalik cheklovlar kunduzgi soat 10:00 dan 17:00 gacha amal qiladi. Bu vaqt davomida xizmat ko‘rsatuvchi brigadalar barcha zarur texnik tadbirlarni bajarishni rejalashtirgan.

Mazkur cheklovlar “Ali-sherobod” mahallasidagi Anaybuloq ko‘chasi aholisiga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, 250 ta xususiy turar-joy sektori, ko‘p qavatli uydagi 48 ta xonadon hamda 5 ta yirik ulgurji iste’molchi vaqtinchalik tabiiy gazsiz qolmoqda.

Gaz ta’minoti tashkiloti vakillari yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘rab, ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtda yakunlanishini va tarmoq yana ishga tushishini bildirdi.

Source: podrobno.uz