Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xorazm viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy harakatlarga qo‘l urgan mansabdor shaxs fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa idoralar hamkorligida amalga oshirilgan tadbir natijasida “Xorazm suv taʼminoti” AJ yuridik inspektori Z.A. qo‘lga olindi.

Tergovoldi maʼlumotlariga ko‘ra, gumondor shaxs fuqaro O.A.ning ishonchiga kirib, uning savdo shoxobchasini ichimlik suvi tarmog‘iga ulash hamda barcha zarur texnik shart hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. O‘zining yuqori lavozimdagi tanishlari orqali bu ishni hal qilib berishini iddao qilgan inspektor, xizmat evaziga 6 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu kabi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini davom ettirayotganini maʼlum qildi.

Source: kun.uz