Shayxontohur tumanida 108 daraxt noqonuniy ko‘chirildi, deyarli barchasi quridi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida, Abu Ali ibn Sino ko‘chasidagi "Yunona" mahallasida 108 ta daraxt noqonuniy ko‘chirilganligi aniqlandi. Tashqi muhitni muhofaza qilish bo‘yicha milliy qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruv aholi murojaati asosida o‘tkazilgan bo‘lib, yopiq kollektor hududida 12 ta archa va 95 ta eldar qarag‘ayidan iborat daraxtlar ko‘chirilgan.











