Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

25-fevral kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi (FVV) xabar berdi.

Portlash natijasida yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in haqidagi xabar viloyat Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasiga soat 14:47 da yetib kelgan. Qutqaruv bo‘linmalari manzilga yetib borib, yong‘inni bartaraf etgan.

Vazirlik dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar to‘g‘risida xabar kelmaganini bildirdi. Hozirda FVV qutqaruvchilari hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.

Source: www.gazeta.uz