Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Jizzax viloyatida Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i pora olgan holda qo'lga tushdi. Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari o'tkazgan tezkor tadbirda holat fosh etildi.

Mansabdor davlat bog'chasiga tekshiruv o'tkazmaslik evaziga uning rahbaridan 4,8 million so'm talab qilgan. U pulni olgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi "v" bandi (Tamagirlik yo'li bilan pora olish) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergovda uning o'zlashtirish, mansab soxtakorligi va jinoiy daromadlarni legallashtirish kabi boshqa noqonuniy harakatlari ham aniqlangan.

Avvalroq O'zbekistondagi bank mansabdorining soliq qarzini bartaraf qilish evaziga 110 ming dollar talab qilgani ma'lum bo'lgan edi. U 30 ming dollar olgan paytida ushlangan.

Source: www.gazeta.uz