O‘zbekiston osmonida 28-fevral kuni sayyolar paradi sodir bo‘ladi. Bu haqda Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti xabar berdi.
Paradda Merkuriy, Venera, Neptun, Saturn, Uran va Yupiter ishtirok etadi. Quyosh botgandan keyin barcha hududlardan kuzatish mumkin.
Oddiy ko‘z bilan faqat 4 sayyorani ko‘rish mumkin: Merkuriy, Venera, Saturn va Yupiter. Neptun va Uranni ko‘rish uchun teleskop kerak.
Merkuriy va Venera ufqqa yaqin joylashgani uchun ularni ko‘rish qiyin. Saturn, Neptun, Venera va Merkuriy bir-biriga yaqin joylashadi va ularni kuzatish uchun g‘arbiy ufqni ochiq joydan ko‘rish lozim.
Mars bu paradga qatnashmaydi.
Astronomiya instituti bu hodisani bashorat qilish mumkinligini, lekin uni taqdir bilan bog‘lash xato ekanini ta’kidladi.
Source: www.gazeta.uz