Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda yuk vagonlari qurish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va yaqin yillardagi istiqbolli rejalar haqidagi taqdimotni koʻrib chiqdi.

Uchrashuvda taʼkidlanishicha, 2023–2025 yillarda 105 million dollarlik loyiha doirasida 1590 yarim vagon ishlab chiqarilgan. Bu ichki va xalqaro tashishlarda yuk aylanmasini oshirish, shuningdek logistika zanjirlarining barqarorligini taʼminlash imkonini beradi.

Bundan tashqari, 2025–2026 yillar uchun 150 million dollarlik yangi bosqich doirasida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati tarkibida yuk va yoʻlovchi vagonlari qurish, shuningdek vagon taʼmirlash va ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida 954 yuk va 70 yoʻlovchi vagoni qurish ishlari boshlangan.

Bugungi kunga kelib, ushbu loyiha doirasida 45 yoʻlovchi vagoni va 340 sista vagoni ishlab chiqarilgan. Joriy yil oxirigacha qoʻshimcha 614 yuk va 25 yoʻlovchi vagoni tayyorlanadi.

Keyingi yillarda yuk vagonlari ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish uchun 100 million dollar ajratiladi, bu 1350 yuk vagonini yetkazib berish imkonini beradi. Buning uchun joriy yilda sanoat korxonalari quvvatlarini 1,5 baravar oshirish va 2 ming yuk vagoni ishlab chiqarish vazifasi qoʻyilgan.

Davlat rahbari vagon parkini yangilash, tashish hajmini oshirish va xarajatlarni optimallashtirish boʻyicha masʼul shaxslarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Source: kun.uz