Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida qo‘shiq kuylagan 4-sinf o‘quvchisi Otamurod Rayimboyevga mashina sovg‘a qilindi. Xorazm viloyati hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, bu 24-fevral kuni Urganch tumanidagi 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi uchun ijodiy rag‘bat sifatida amalga oshirildi.

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov oila a’zolari va ustozlari ishtirokida BYD Chazor avtomobilini o‘quvchiga topshirdi.

Source: www.gazeta.uz