Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi BMW urib ketgan YPX inspektori Xosilbek Eshnazarov vafot etdi. Bu haqda YHXX xabar qildi.

Voqea 25-fevral kuni soat 21:48 larda Toshkent shahrida yuz bergandi. Kichik serjant Xosilbek Eshnazarov YTH oqibatida hayoti uchun og‘ir tan jarohatlarini olib 3 kun davomida shifokorlar nazoratida bo‘lgan. U ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi.

Kichik serjant Xosilbek Eshnazarov 2022-yildan ichki ishlar organlarida xizmat qilgan. Uning ortidan 2 nafar o‘g‘il va 1 nafar qiz farzandlari qoldi.

Source: www.gazeta.uz