Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp 2-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishiga raislik qiladi. Bu AQShning ushbu organdagi bir oylik raislik davri boshlanishiga to‘g‘ri keladi, deb AQShning BMTdagi vakolatxonasi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

“Birinchi xonim BMT tarixiga kiradi: u tinchlikni targ‘ib qilishda ta’limning rolini ta’kidlash uchun AQShning Xavfsizlik Kengashidagi raisligini o‘z zimmasiga oladi”, deyiladi xabarda.

Bu AQShning amaldagi prezidenti rafiqasining kengashda raislik qilishi bilan bog‘liq tarixdagi ilk holat bo‘ladi. Uchrashuv ta’lim, texnologiyalar, tinchlik va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlanadi.

“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu birinchi xonimning Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida raislik qilishi bilan bog‘liq tarixdagi ilk holat bo‘lishini tasdiqlashim mumkin”, dedi BMT bosh kotibi matbuot xizmati rahbari Stefan Dyujarrik.

Uning qayd etishicha, avvallari davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlari kengash a’zosi bo‘lmagan taklif etilgan shaxslar sifatida yig‘ilishlarda ishtirok etgan.

Source: www.gazeta.uz