Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

“Qirg‘iziston aeroportlari” Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent — O‘sh yo‘nalishida yangi muntazam reys ishga tushirilishini e'lon qildi. Parvozlar 1-apreldan boshlab, haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Parvoz davomiyligi 1 soatu 10 daqiqa. Minimal chipta narxi ikki tomonga 1,5 million so‘m (taxminan $124) dan boshlanadi. Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy sayti yoki Telegram Mini App kabi kanallar orqali sotib olish mumkin.

Kompaniya ta'kidlashicha, bu reys turizm va biznesni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.

O‘sh viloyati Qirg‘izistonning janubida joylashib, O‘zbekiston bilan chegaradosh. Viloyat aholisi 1,437 million kishini tashkil etadi.

Source: www.gazeta.uz