Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda yo‘l holatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar majmuini amalga oshirishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturini ishga tushirdi. Ushbu qaror Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning 26-fevral kuni Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markaziga (YHTEM) tashrifi yakunlari asosida qabul qilindi.

Tashrif davomida qo‘shimcha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi va yo‘l infratuzilmasini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi. YHTEM mutaxassislari poytaxtdagi eng serqatnov 472 km masofadagi avtomobil yo‘llarini aniqladi va birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni aynan shu yerlarga yo‘naltirishni tavsiya etdi.

Ishlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi: yo‘l harakatini optimallashtirish, infratuzilmani ta’mirlash va transport tizimini modernizatsiya qilish. YHTEM va shahar hokimligi ushbu chora-tadbirlar poytaxt yo‘l-transport tizimidagi vaziyatni yaxshilashiga ishonch bildirdi.

Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Prezidentning 2025-yil dekabrdagi qarori bilan tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan tuzilma bo‘lib, poytaxt transport siyosatini takomillashtirishga qaratilgan. Bu hafta YHTEM Saida Mirziyoyevaga tirbandliklar, ekologiya va jamoat transporti muammolarini hal etish bo‘yicha loyihalarni taqdim etdi. Mirziyoyeva poytaxt transport tizimini modernizatsiya qilish jarayonini shaxsan nazorat qilishini ma’lum qildi.

Source: www.gazeta.uz