O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi.
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amirxon Muttaqiy bilan suhbatda, chegaradagi vaziyat muhokama qilindi. Saidov vazminlikni saqlash va vaziyatning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidladi.
Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Is’hoq Dar bilan gaplashganda ham shu mavzu qayta ko‘rib chiqildi. Saidov muloqotning barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyatini alohida qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, 27-fevralda Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari uyushtirgan edi. O‘zbekiston TIV bir kun avval bu vaziyatdan xavotir bildirib, otishmalarni to‘xtatishga chaqirgan.
Source: www.gazeta.uz