Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskin ravishda taranglashuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan jiddiy xavotirdaligini bildirdi.

Mamlakat barcha tomonlarni vazminlikka da’vat etmoqda. TIV bayonotida: “Nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli keskinlashuvga sabab bo‘ladigan keyingi qadamlardan tiyilishga chaqiramiz”, deyiladi.

Vazirlik inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va o‘zaro maqbul muloqot yo‘li bilan hal etish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori ekanini bildirib, vaziyatning tez normallashuvidan umidvor bo‘lib qolishini qo‘shimcha qildi.

Source: www.gazeta.uz