Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentda tug‘ilgan. U boshlang‘ich maktabni bitirgach, xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan. 1935-1938-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil olgan.

1931-yilda uning birinchi she'ri 'Men ish qizi' 'Ishchi' gazetasida chop etilgan. 1932-yilda 'Hayot varaqalari' nomli birinchi she'riy to‘plami nashr qilingan. Keyinchalik 'Temiroy', 'She'rlar', 'Qizlar qo‘shig‘i', 'Hijron kunlarida' va 'Xulkar' kabi to‘plamlarni yaratgan.

1965-1975-yillarda 'O‘ylar', 'Visol' va 'Yillar, yillar...' kitoblarini nashr ettirgan. U 'Uni Farhod der edilar', 'Xotiram siniqlari' dostonlari muallifi hamda Hamza nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti sovrindori. Pushkin, Lermontov, Nekrasov va Ukrainka asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Zulfiya 1996-yil 1-avgustda vafot etgan.

Gazeta uning 'Javoharlal Neru' va 'Nilufar' mukofotlari sohibasi ekanligini eslab, 'Bahor keldi seni so‘roqlab' she'ri asosida test tayyorladi.

Source: www.gazeta.uz