Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy vafoti munosabati bilan mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekistonning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi.

Mirziyoyevning maktubida Xomanaiyning ko‘p yillik faoliyati davomida Eron davlatchiligini mustahkamlash, jamiyat barqarorligi va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash yo‘lida katta xizmatlar qilgani ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan kishining xotirasi qalblarda saqlanib qolishi aytildi.

Xomanaiy 86 yoshda edi va 1989-yildan buyon Eron oliy rahnamosi lavozimida ishlagan. Avvalroq, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaqin Sharq mamlakatlaridagi hamkasblari bilan mintaqadagi vaziyat haqida gaplashib, Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini yetkazgandi.

Source: www.gazeta.uz