Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda sanoat korxonalari atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha qilgan harakatlari uchun rag‘batlantiriladi. Bu 28-fevralda qabul qilingan Hukumat qarori bilan belgilangan.

Rag‘batlantirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qiluvchi stansiya o‘rnatgan korxonalar rag‘batlanadi.
  2. Monitoring stansiyasini o‘rnatgan korxona keyingi yilda chang-gaz va lokal oqova suv tozalash uskunalarini o‘rnatsa, 2 yil davomida kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizi qaytariladi.

Korxonalar ushbu uskunalarni o‘rnatganligi haqida Ekologiya qo‘mitasiga xabarnoma yuborishi kerak. Xabarnoma 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi va rag‘batlantirish xulosasi beriladi.

Source: www.gazeta.uz