O‘zbekistonda 2026-yil yanvar-fevral oylarida narkotiklarga qarshi tezkor tadbirlar davomida 22 ta uyushgan narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. 5 nafar yetakchi va 84 nafar a’zo qo‘lga olindi.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2 oy ichida 8 ta yashirin narkolaboratoriya fosh etildi. Ulardan 3 tasi psixotrop moddalar tayyorlash sexlari, 5 tasi sintetik narkotiklar ishlab chiqarish laboratoriyalari bo‘ldi.
Musodara qilingan narkotiklar: 41 kg an’anaviy narkotik, 100 kgdan ortiq sintetik narkotik, 200 ming dona psixotrop dori va 2 tonnaga yaqin prekursorlar.
Guruhlar Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida faoliyat yuritgan. Narkotiklar Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.
IIV fuqarolarni @stopnarko_bot Telegram boti yoki 71−231−55−54, 71−231−55−00 telefonlari orqali xabar berishga chaqirdi.
Source: www.gazeta.uz