Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston orqali O‘zbekistonga tranzit bilan kelayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rdi. "Dunyo" AA xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi TIV shtabi va Turkmanistonning vakolatli tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlaydi, shuningdek, O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turadi.

Elchixona xodimlari fuqarolarni Turkmaniston-Eron chegarasidagi Saraxs shahrida kutib oladi. O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi avtotransporti safarbar etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-mart kuni O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli mintaqadagi fuqarolar uchun tavsiyalarni e’lon qilgandi. TIV, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqadagi xorijiy vakolatxonalari tezkor aloqa va ishonch telefonlari raqamlarini taqdim etgan.

Dushanba kuni TIV O‘zbekiston fuqarolariga Yaqin Sharq mamlakatlariga safarlarni qoldirishni tavsiya qildi. Saudiya Arabistoniga Umra dasturi to‘xtatildi, fuqarolar Jidda va Madinadan olib chiqilmoqda. Isroildagi o‘zbekistonliklarga hushyor bo‘lish va imkon qadar mamlakatni tark etish tavsiya qilingan.

Source: www.gazeta.uz