Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekistonda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari uchun yillik milliy reyting e'lon qilinadi. Reyting amaliy fanlar, tibbiyot, ijtimoiy-gumanitar fanlar va ijod (jumladan, sport) kabi to'rt yo'nalish bo'yicha tuziladi.

O'tgan yil natijalari 1 noyabrgacha ommaga e'lon qilinadi. Buning uchun 1 iyungacha talabalar, professor-o'qituvchilar va ish beruvchilar o'rtasida milliy so'rov o'tkaziladi. Xalqaro ekspertlar universitetlarning xalqaro obro'sini baholashda ishtirok etadi.

Reyting 25 ko'rsatkich asosida hisoblanadi, ulardan 5 tasi milliy so'rov natijalariga ko'ra aniqlanadi. So'rovda har bir universitetning kamida 20% talaba va o'qituvchilari qatnashishi kerak.

Milliy reytingni Ta'lim sifatini ta'minlash agentligi shakllantiradi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog'laydigan va yosh mutaxassislarga birinchi ishni topishni osonlashtiradigan raqamli ekotizim ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Source: podrobno.uz