Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Turkiyaning Balikesir viloyatida, 46 yoshli Samarqandlik Dilafruz Chuliyeva 21-yanvardan beri yo'qolgan. 2-mart kuni o'rmonda tanasi topilgan ayolning kiyimlari unga tegishli bo'lishi taxmin qilinmoqda. Gumon qilinuvchi sifatida yana bir o'zbekistonlik ushlangan.

Chuliyeva Turkiyada qonuniy yashash va ishlash ruxsatnomasiga ega bo'lib, Balikesirning Burhaniye tumanida ishlagan. 21-yanvar kuni u avtobusdan tushgach, aloqasi uzilgan. Ish beruvchilar 23-yanvarda uning izini topish uchun politsiyaga murojaat qilishgan.

Qarindoshlari 24-yanvarda yo'qolgani haqida xabar topib, O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va konsulliklariga, shuningdek, tashqi va ichki ishlar vazirliklariga murojaat qilishgan. Tekshiruv jarayonida Ilyas ismli shaxs gumon qilinuvchi sifatida so'roqqa tortilgan, u Chulievani tanib, u Istanbulga ketganini aytgan.

2-martda topilgan jasadning rasmiy tasdiqlanmagan bo'lsa-da, kiyimlar asosida unga tegishli bo'lishi taxmin qilinmoqda. So'nggi oylarda Turkiyada bir nechta o'zbekistonlik ayollar halok bo'lgan hodisalar yuz bergan, masalan, Durdona Hakimova va Sayyora Ergashaliyevaning o'limi keng jamoatchilik rezonansiga sabab bo'lgan. Dilafruz Chulievaning taqdiri bo'yicha rasmiy ekspertiza va DNK natijalari kutilmoqda.

Source: kun.uz