Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi va bojxona organlari o‘tkazgan tezkor tadbirda oltin quymalarni noqonuniy olib chiqishga urinish aniqlandi.
Baliqchi tumanida yashovchi ayol va uning qizi 819 mln so‘m baholangan 7 dona, 473 gramm nostandart oltin quymalarni kiyimlari ostiga yashirgan holda “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lganida to‘xtatildi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Source: www.gazeta.uz