Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Erondan Turkmaniston hududi orqali 13 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi mamlakatning Erondagi vakolatxonasi va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa vakolatli idoralari bilan hamkorlikda fuqarolarni chegarada kutib olish, viza va transport masalalarini hal etish hamda vatanga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Turkmaniston davlat idoralarining ko‘magida Ashxobod shahridagi elchixona xodimlari 13 nafar fuqaroni “Saraxs” turkman-eron chegara posti orqali O‘zbekistonga xavfsiz kuzatib qo‘ydi.

2-martdan fuqarolar va transport vositalari o‘tishi uchun turkman-eron davlat chegarasining “Gaudan-Bajgiran”, “Artik-Lyutfabad”, “Akyayla-Incheburun” va “Oltin Asir-Incheburun” nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklandi.

O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli mintaqadagi fuqarolar uchun tavsiyalar e’lon qildi, jumladan rasmiy ma’lumotlarga tayanish va diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada bo‘lish.

Source: www.gazeta.uz