Rossiyada xorijiy ishchilarni uyuşgan holda ishga qabul qilish tizimini (orgnabor) joriy etish rejallashtirilmoqda, bu esa mehnat migrantlari uchun yangi majburiyatlar va qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi kutilmoqda. Tajribaning birinchi bosqichi 2027-yil 1-martdan, ikkinchisi esa 2029-yil 1-yanvardan keyin boshlanishi kutilmoqda. Hozircha loyiha muhokama bosqichida bo‘lib, yakuniy muddatlar va qoidalar qabul qilinadigan qonunga bog‘liq bo‘ladi, biroq uning iqtisodiy va tashkiliy xarajatlari sezilarli bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Yangi tizimga ko‘ra, chet elliklar zarur xodimlar soni, ularning lavozimi va yollash shartlarini oldindan ko‘rsatgan aniq bir ish beruvchining qo‘lida ishlash uchun kelishi talab etiladi. Amaldagi ruxsat beruvchi hujjatlar o‘rniga ish beruvchilar va xodimlarning elektron reyestrlaridan foydalanish rejalashtirilmoqda, bu esa byurokratik to‘siqlarni oshirishi mumkin. Tajriba Moskva shahri va Moskva viloyatidan tashqari butun Rossiyani qamrab olishi ko‘zda tutilgan, ayrim toifadagilar esa istisno qilinishi taxmin qilinmoqda.
Ish beruvchilar uchun qo‘shimcha moliyaviy va tashkiliy yuklamalar paydo bo‘ladi, jumladan, xodimlarni genom bo‘yicha ro‘yxatga olish xarajatlarini to‘lash va zarurat tug‘ilganda deportatsiya qilish xarajatlarini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin. Shuningdek, 15 nafardan ortiq chet ellikni yollagan kompaniyalar ularni uy-joy bilan taʼminlashi shart bo‘ladi. Chet ellik ishchilar esa tizimda ro‘yxatdan o‘tişi, uch yil muddatga identifikatsiya kartasini olishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart qilib qo‘yiladi.
Source: kun.uz