Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniyaning sharqiy qismidagi Leyptsig shahri yaqinida qo‘lga o‘rgatilgan yo‘lbars qochib ketib, kamida bir kishiga hujum qildi. Politsiya hayvonni otib o‘ldirgan.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, yo‘lbars mashhur murabbiy Karmen Zanderga tegishli bo‘lib, u bir guruh yirik mushuklarni saqlaydi. Bild gazetasi Leipziger Volksstimme nashriga tayanib, bu haqda xabar berdi.

Politsiya vakilining aytishicha, jabrlangan erkak kishi engil tan jarohati olgan, biroq Bild ma’lumotiga ko‘ra, u shifoxonaga yotqizilgan.

Rasmiylar boshqa yo‘lbarslar qochmaganini tasdiqladi. Hayvon Leyptsig g‘arbidagi Shkeydits shahridagi xususiy muassasadan qochib, yaqin atrofdagi bog‘larda otib tashlangan.

Source: www.dw.com