Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar olib borish uchun Pekinga yetib keldi. Uchrashuv 19-20 may kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Germaniya kansleri Fridrix Merts Berlindan Xitoy rahbarini Rossiyaning Ukrainadagi urushini to‘xtatish uchun Putinga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi. Mertsning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik munosabatlarda tub o‘zgarish kutilmaydi.
Putin o‘zining video murojaatida Rossiya-Xitoy munosabatlari “haqiqatan ham misli ko‘rilmagan darajaga” yetganini va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘sishda davom etayotganini ta’kidladi.
Rossiya Ukraina urushi tufayli G‘arb davlatlari tomonidan izolyatsiya qilinganidan so‘ng, Xitoy iqtisodiyotiga tobora ko‘proq bog‘lanib qolmoqda. Xitoy Rossiyaning eng yirik neft xaridori bo‘lib, “Sibir kuchi 2” gaz quvurini qurish rejalashtirilmoqda.
Xitoy Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralamagan va mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish tarafdori. Putin tashrifi AQSh prezidenti Donald Trampning Pekinga safaridan bir necha kun o‘tib amalga oshmoqda.
Source: www.dw.com