Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) AQShga qarshi keskin bayonot bilan chiqdi. Agar Qo‘shma Shtatlar Eronga qayta hujum qilsa, urush Yaqin Sharq mintaqasidan tashqariga tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
IIQK bayonotida: “Agar Eronga nisbatan agressiya takrorlansa, bu safar va’da qilingan mintaqaviy urush mintaqadan tashqariga ham tarqaladi”, deyiladi. Shuningdek, ular hozircha AQSh va Isroilga qarshi barcha imkoniyatlarni ishga solmaganliklarini ta’kidlab, Vashington “xayoliga ham keltira olmaydigan” joylarga zarba berish bilan tahdid qilishdi.
Bu ogohlantirish AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga yangi zarba berish qaroriga bir soat qolgani haqidagi bayonotidan so‘ng e’lon qilindi. Tramp avvalroq Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA yetakchilari undan 19-mayga rejalashtirilgan zarbalarni bekor qilishni so‘raganini, chunki “jiddiy muzokaralar” ketayotganini ma’lum qilgan edi. U, agar kelishuvga erishilmasa, hujumlarga qaytish bilan tahdid qilgan.
Source: www.gazeta.uz